Rasman: "Vilyarreal" va "Barsa" o'rtasidagi La Liga o'yini Mayamida o'tkaziladi

Administrator
9 okt 2025
La Liga prezidenti rasman buni e'lon qildi.

Xaver Tebas "Barselona"ning "Vilyarreal" bilan AQSHda o'ynashini ma'lum qildi. Avvalroq, UEFA istisno tariqasida "Barselona" va "Vilyarreal"ga AQSHda La Liga doirasida o'yin o'tkazishga ruxsat bergan edi.

"Bitta kichik rasmiyatchilikni hisobga olmaganda, barcha masalalar hal etildi. Aytish mumkinki, 20 dekabr shanba kuni Mayamida "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasida La Liganing rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu ochkolar uchun o'ynaladigan uchrashuvdir. O'yin "Hard Rock Stadium"da o'tkaziladi," - dedi La Liga prezidenti Mayamida bo'layotgan sport bo'yicha sammitdagi nutqida.


AdministratorMuallif
Manba: Marca