Tebas Peresning La Liga "Real"ni obro'sizlantirish uchun OAVga pul to'lagani haqidagi gaplariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 18:01
Tebas Peresni La Liganing "Real"ga qarshi kampaniyaga homiylik qilgani haqida yolg'on gapirishda aybladi.

La Liga rahbari Xaver Tebas "Real" prezidenti Florentino Peresning liga klubni obro'sizlantiradigan OAVga homiylik qilgani haqidagi so'zlaridan so'ng uni yolg'onchilikda aybladi.

Kechagi matbuot anjumanida Peres shunday degan edi: "ABC "Vocento"ga tegishli. Ular "Relevo"ni yaratishdi, bu nima ekanini bilasiz, to'g'rimi? La Liga bilan kelishuvga ko'ra, ular o'z faoliyati davomida 25 million evro zarar ko'rgan raqamli gazeta yaratish bilan shug'ullanishdi. La Liga to'lashni to'xtatganidan so'ng, ular "Telefónica" va "Telecinco"ga homiylik qilish-qilmasliklarini bilish uchun murojaat qilishdi. Ularning yagona maqsadi "Real" va uning prezidentiga hujum qilish edi".

"Bu yolg'on. Bazida u bir summani aytadi, bazida boshqasini. Ular hatto Milliy sport kengashiga bizning ustimizdan shikoyat qilishdi... Bu mutlaqo yolg'on. Ular yolg'on va jabrlanuvchi bo'lib ko'rinish hissini kuchaytirishmoqda.

Florentino Peresning biznesdagi muvaffaqiyatlari va "Real" tarixi uchun qilgan ishlarini hisobga olsak... Men "Madrid" muxlisiman va hozir hayratdaman. "Real" uchun afsusdaman, yolg'on tarqatishda davom etish mumkin emas", - dedi Tebas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As