Rasman: "Paxtakor" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi!

Mirjalol Normatov
4 dek 2025
"Navbahor" matbuot xizmati Umar Adhamzodaning transferini e'lon qildi.

"Tajribali himoyachi Umar Adhamzoda jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Umar Adhamzoda – 1998 yil, 4 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan. 

Faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2017 – 2019 yillar), “Istiqlol” (Farg'ona, 2020 yilning 1-davrasi), “Neftchi” (Farg'ona, 2020 yilning 2-davrasi – 2023 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2024-2025 yillar) jamoalarida o'ynagan.      

Yakunlangan mavsumda “Paxtakor” tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogi bahslarida jami 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1596 daqiqa o'ynab, 2 ta gol urgan holda, kubok sohibiga aylandi. 

Umar Adhamzodaning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати