

Bu haqda argentinalik futbol sharhlovchisi Federiko Buenoga tayanib ESPN xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Lionel Messi terma jamoadan ketganidan so'ng, hujumchining eng ehtimoliy vorisi sifatida Nikolas Pas tilga olinmoqda.
Futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida 18-raqam ostida to'p surgan edi, endi esa orziqib kutilgan "o'nlik"ni olishi mumkin. Agar Lionel Skaloni boshchiligidagi murabbiylar shtabi o'z lavozimini saqlab qolsa, aynan Pas ushbu raqam ostida terma jamoaning yangi qiyofasiga aylanadi, deydi manba.
Takidlash joizki, Pas Italiya klubida ham 10-raqam ostida harakat qilmoqda.



