Rasman: Ibrohim Yo'ldoshev - "Andijon" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
4 dek 2025
"Andijon" matbuot xizmati Ibrohim Yo'ldoshevning OKMKdan transfer qilinganini tasdiqladi.

"2025 yilgi mavsumni “Lokomotiv”da boshlab OKMKda yakunlagan futbolchi kelasi yili “Andijon” safida o'ynaydi.

Ma'lumot uchun, 1999 yilning 5 iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi “Paxtakor”, “Metallurg”, “Surxon”, “Dinamo”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda OKMKda to'p surgan.

Bu yil Yo'ldoshev 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qolaversa, o'z vaqtida O'zbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida to'p surgan. 

Ibrohim, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Klub yaqin vaqtlarda Humoyunmirzo Iminovning tarkibga jalb qilinganini ham yozib o'tishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати