Rasman: Ërqin Nazarov “Kattaqo'rg'on”dan ketdi

23 may 2026, 15:58
“Kattaqo'rg'on” bosh murabbiyi Ërqin Nazarov Proliga klubini tark etdi.

“Kattaqo'rg'on” murabbiylar shtabida bir qator o'zgarishlar yuzaga keldi. Bosh murabbiy Yorqin Nazarov bilan amalda bo'lgan mehnat shartnomasi ikkala tomonning kelishuvi asosida bekor qilindi.

Ma'lumot uchun, mazkur mutaxassis “Kattaqo'rg'on”ni qishda qabul qilib olib, yangi mavsumga tayyorlagan edi. Jamoamiz uning qo'l ostida to'qqizta rasmiy uchrashuvda maydonga chiqib, ulardan beshtasida g'alaba qozondi. Shuningdek, ikkitadan o'yinda mag'lubiyat va durang qayd etildi. 

“Kattaqo'rg'on” rahbariyati Yorqin O'tkirovichga jamoamiz rivoji yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, tajribali murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi”, - deyiladi klub xabarida.

Eshitdik-da! Proliga yetakchilaridan birining bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

"Rubin" sobiq ustozi "Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyiga aylanadi

O'xshash yangiliklar


Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати