

- “Guliston” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinning birinchi bo'limi nazoratimiz ostida o'tdi, ammo imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Biz ko'proq Kubok o'yinlarida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarni o'ynatmoqdamiz. Chempionat o'yinlariga shu Kubok o'yinlari orqali tayyorlanyapmiz. Ikkinchi bo'limda besh nafar futbolchini zaxiradan o'yinga qo'shdik, ammo o'yinchilarimiz juda ham kirishib keta olmadi. Umuman olganda jamoa o'yinidan qoniqdim, yigitlar borlarini berishdi. Raqib gol urgan paytda darvozabonimiz xato qildi, taktik jihatdan mag'lub bo'lganimiz yo'q.
- “Guliston”ning o'yini haqida nima deya olasiz?
- Ularda yaxshi jamoa shakllangan va Superligada harakat qilgan futbolchilarga ega. Ularning maqsadi jiddiy. 1-ligada ishtirok etayotgan bo'lishi mumkin, ammo “Guliston”ni Proliga jamoasi deb o'ylayman. Hokimiyat tomonidan yaratib berilgan sharoit va futbolchilarga ega “Guliston” yaqin orada Superligada ham o'ynashi mumkin deb o'ylayman.
- Raqib qaysi jihatlarda sizlardan ustunlik qildi?
- Ustunlik qildi deb ayta olmayman. O'yinning birinchi bo'limida nazorat biz tomonda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa zaxirada tushirilganlar o'yin amaliyoti kamligi sabab kirishib keta olishmadi.
- Bundan keyingi raqiblaringiz - “Neftchi”. Ular haqida nima deya olasiz?
- Har bir raqibga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Har bir raqibni yutsa bo'ladi. O'sha o'yinda ham yutishga harakat qilamiz. Bu o'yinchilarga ham Superliganing eng yaxshi jamoasi bilan o'ynash, yaxshi maydonda harakat qilish va o'zining o'sishi tomonidan imkoniyatdir.
- Iltimos, bu savolimga neytral javob bering. “BuxDU” “Buxoro” bilan ham, “Guliston” bilan ham o'ynadi. Endi ikki jamoa uchinchi turda to'qnash keladi. “Guliston”da keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bormi.
- Futbolchilarning psixologik tayyorgarligi muhim rol o'ynaydi. Bugun biz bilan yaxshi o'ynadi, shunday o'ynasa “Buxoro” bilan ham yaxshi harakat qiladi. Bu “Buxoro”ga ham bog'liq, ular Birinchi liga jamoasiga qanday munosabatda bo'ladi. Futbol bu narsani kechirmaydi. Bugun bizda ham shunday bo'ldi, Buxorodagiday ishtiyoq bo'lmadi.



