

"Krishtianuning ketishi g'alati bo'ldi. Bizda mashg'ulot bor edi, u esa allaqachon yo'q edi. Terma jamoa atrofida katta shov-shuv va xavotir ko'tarildi. Krishtianu nima qilmasin - yaxshimi yoki yomonmi - katta aks-sado beradi. Bularning hech biri haqiqatga o'xshamasdi. Biz uning ketganini ham tushunmay qoldik.
Bu vaziyatni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi, ammo biz Krishtianuning yig'inni tark etishiga xalaqit bera olmasdik - bu federatsiya rahbariyatining ishi. Bunday vaziyat hech kimga kerak emas. Menimcha, hatto Krishtianuning o'zi ham bu qarorni maqullamaydi, ammo uning o'z sabablari bordir, ehtimol.
Agar Ronaldu qaytsa nima bo'ladi? Uni terma jamoadagi boshqa har qanday sherigimiz kabi ochiq chehra bilan kutib olishadi. Emociyalar ta’sirida qabul qilingan qaror sababli u bilan gaplashmay qo'yamizmi? Albatta, yo'q. Bunday narsa hammada sodir bo'ladi.
Agar Krishtianu yig'inda bo'lsa, men uni avvalgidek salomlashaman. U murabbiy va federatsiya bilan vaziyatni hal qilib olishi kerak bo'ladi", - dedi Ramush Canal 11 efirida.



