Qozog'iston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025, 16:35
Qozog'istonlik taniqli mutaxassis Talgat Baysufinov Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Bu haqda Qozog'iston futbol federatsiyasi rasmiy sayti ma'lum qildi.

Talgat Baysufinov JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Lixtenshteyn (10 oktyabr) va Shimoliy Makedoniya (13 oktyabr)ga qarshi o'yinlarda terma jamoani boshqaradi.

Baysufinov bungacha ikki marta, 2016-2017 va 2020-2022 yillarda Qozog'iston terma jamoasida ishlagan. Hozirda Qozog'iston U-21 terma jamoasida murabbiylar mentori hisoblanadi.

Ayni paytda QFF xuddi O'FA kabi terma jamoa uchun xorijdan salohiyatli murabbiy izlash ishlarini davom ettirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kff.kz