"Qizilqum" "Paxtakor" uchun raqib emas yoxud 11:0, 8:0 va 21 yillik tarix haqida

Iskandarov Abdulaziz
23 iyun 2022
Slavche Voyneski boshchiligidagi "Paxtakor" bugun Superliganing 12-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

 


Mazkur to'qnashuv ikki jamoa uchun Superligadagi o'zaro 44 uchrashuv hisoblanadi. Mutloq ustunlik "sherlar" tomonida. Ular 37ta bahsda g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan bo'lsa, 6ta uchrashuvda murosa ko'chasini tanlashgan. "Qizilqum" esa shu kungacha faqat 1 marotaba "Paxtakor"dan uch ochko olishni uddasidan chiqqan, deya olamiz. Jamoa ilk va hozirgacha yagona bo'lib turgan g'alabasini 2001 yilgi mavsumning 20-turida Toshkentda qo'lga kiritgan. Ko'rinib turibdiki, bunga ancha yillar bo'ldi. 


Navoiyliklar "Paxtakor" uchun nisbatan oson raqib hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, poytaxt klubi raqibini bir necha bor o'ta yirik hisoblarda ranjitganini bilish mumkin. 11:0 natijasi qayd etilgan o'yin ushbu jamoalar o'rtasidagi eng sermahsul va yirik hisobli uchrashuv hisoblanadi. 


10.08.1995. "Paxtakor" - "Qizilqum" 7:0   

25.11.2007. "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:11

10.05.2009.  "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:5

18.09.2009. "Paxtakor" - "Qizilqum" 6:1

21.06.2019. "Paxtakor" - "Qizilqum" 8:0

30.07.2019. "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:5

Turnir jadvali 




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia