

Hujumchini sotib olish uchun "Fenerbaxche" va "Atletiko" kurashmoqda. Turkiya klubi Grinvud uchun bonuslarsiz 42 million evro taklif qilgan bo'lsa, “matraschilar” 45 million evro to'lashga tayyor.
Grinvud ikkala klub bilan ham shartnomani kelishib oldi, ammo hali qaror qabul qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Meyson "Atletiko"ga o'tishni afzal ko'radi, chunki u "Xetafe"da o'ynaganida yashagan Madridga qaytmoqchi.
"Fenerbaxche" Grinvudga soliqlardan keyin yiliga 7-8 million evro, "Atletiko" esa 5-6 million evro taklif qilmoqda.
"Marsel” va "Manchester Yunayted" o'rtasida tuzilgan kelishuvga ko'ra, transfer summasining 35 foizini manqunianliklar oladi.
Grinvud o'tgan Liga 1 mavsumida 32 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



