"Paxtakor" nazorat uchrashuvida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2026, 23:17
Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik doirasidagi oxirgi nazorat bahsini o'tkazdi.

Unda poytaxtliklar "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida toshkentliklar safida Erkinov va Turdimurodovlar raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, bunga javoban qo'qonliklar ham ikki bor aniq zarba yo'llab, muvozanatni tiklashga erishishdi. Bahsning ikkinchi bo'limida esa zaxiradan maydonga qo'shilgan legioner hujumchi Stefan Chinedu o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi va "Paxtakor"ning g'alabasini taminladi.

Mazkur nazorat o'yinida "Paxtakor" quyidagi tarkibda harakat qildi:

Quvvatov (Nazarov), Alijonov (Nasrullaev), Tahsin, Hamraliev (Dilshodbekov), Saitov, Bo'riev, Sobirxo'jaev (Mirqobilov), Bozorov (Hamdamov), Ibragimov (Saydaliev), Erkinov (Bashar), Turdimurodov (Chinedu).

Ma'lumot o'rnida, "Paxtakor" jamoasi navbatdagi rasmiy uchrashuvini 17 iyul kuni O'zbekiston Superligasining 12-turi doirasida Toshkentning boshqa bir klubi – "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати