"PFL yangi loyihalar o'ylab topguncha, dolzarb muammolarni hal qilsin" - Azamat Abduraimov kuz-bahor tizimi va yangi formatga munosabat bildirdi

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2026, 08:25
Xabaringiz bor, yaqinda Superliga va Proliga klublari ishtirokida PFLning yig'ilishi o'tkazildi.

Unda Superliga formatini kuz-bahor tizimiga o'tkazish imkoniyatlari borasida ham so'z bordi. Bu borada PFL o'zining takliflarini ilgari surdi. Biz esa mazkur masala yuzasidan taniqli futbol mutaxassisi, TFA vice-prezidenti Azamat Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Yangi formatga o'tish masalasida men keskin qarshiman. Bazida menga PFL e'tiborni tortish yoki yoshlar aytmoqchiday, "xayp qilish" uchun nima o'ylab topishni bilmayotgandek tuyuladi!

Rossiya ham bu formatga o'tgan edi, ammo hech qanday ijobiy natijaga erishmadi. Agar klublar bu ahmoqona g'oyani maqullasa, bizda ham xuddi shu holat takrorlanadi.

Hozirgi vaqtda klublar futbolimizda hal etilishi lozim bo'lgan juda ko'plab dolzarb muammolar mavjud. PFL rahbariyati bugun bizga umuman kerak bo'lmagan loyihalarni o'ylab topish bilan emas, aynan shu muammolar bilan shug'ullanishi kerak!

Mening fikrimcha, PFL rahbari lavozimi saylov asosida tayinlanishi lozim. Bu barcha futbol derjavalarida qanday amalga oshirilsa, bizda ham shunday bo'lishi kerak. Saylovlarga o'z dasturiga ega futbol mutaxassislari qo'yilishi shart. Ushbu saylovlarda har bir nomzod o'z dasturini himoya qilib berishi kerak, kim g'olib chiqishini esa klublarning o'zi hal qilsin",- deydi Azamat Abduraimov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia