

10 may kuni Samarqand klubi o'z maydonida Proliga vakili "G'azalkent" (2:3) bilan to'qnash kelgan bo'lsa, 15 may kuni Toshkentda "Lokomotiv" (2:2) klubiga qarshi to'p tepdi.
Har ikki uchrashuv yakunida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Dinamo"ning yordamchi murabbiyi Marat Miftaxutdinov ishtirok etdi. Klub bosh murabbiyi Vadim Abramov esa musobaqa reglamentiga zid ravishda ushbu tadbirlarda qatnashmadi.
OAV bilan muloqotga ochiq mutaxassis sifatida Vadim Abramovning mavsum davomida ilk bor matbuot anjumanida ishtirok etmagani O'zPFL tomonidan vazminlik bilan qabul qilingan edi. Biroq murabbiyning ketma-ket ikkinchi bor bunday holatga yo'l qo'yishi tashkilot tomonidan reglament talablariga nisbatan hurmatsizlik sifatida talqin qilindi. Shundan kelib chiqib, mazkur masala Liganing Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi.
Shuningdek, tashkilot tomonidan berilgan licenziya asosida uchrashuvlarda bevosita ishtirok etayotgan har qanday rasmiy shaxs musobaqa nizomlariga hurmat bilan munosabatda bo'lishi shartligi qatiy ta'kidlab o'tildi.



