

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, transfer summasi bonuslar bilan birga 75,8 mln evroga baholanmoqda.
26 yoshli futbolchi seshanba kuni ertalab tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
"Siti" "Liverpul" hujumchi Kodi Gakponi qo'yvorishdan bosh tortganidan so'ng Ndiaye bo'yicha ishlarni jadallashtirdi.
Ndiaye 2024 yilda "Marsel"dan "Everton"ga o'tgan edi. U "iriskalar" tarkibida 74 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq OAVda "Tottenxem" senegallik hujumchining transferini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.



