Peres "Negreyra ishi" haqida: "UEFA uchun 600 sahifalik dose tayyorlayapmiz"

Aslanov Jasurbek
12 may 2026, 23:29
Florentino Peres UEFAga yuboriladigan "Negreyra ishi" bo'yicha materiallar haqida to'xtalib o'tdi.

"Biz UEFAga taqdim etish uchun 600 sahifalik dose tayyorlayapmiz. Futbol olamida hali bunaqa precedent kuzatilmagan. Hakamlar texnik qo'mitasi rahbari bizga buni unutish kerakligini aytmoqda. Ammo qanday qilib unutishimiz mumkin?

"Real" a'zolari Negreyra va boshqalarga qarshi kurashda meni qo'llab-quvvatlashmoqda. Bundan doim ham faqat "Real" jabr chekmaydi - boshqalar ham bor. "Barselona" esa doim foyda ko'rib keladi. Keling, ko'ramiz, UEFA bunga aralasharmikan - vaholanki, u albatta aralashishi shart. Bir klubning 20 yil davomida to'lab kelingan korrupsiyada gumon qilinishi shunchaki holat emas. Ko'ramiz, bu ish ham jinoiy, ham UEFA tomonidan sport nuqtayi nazaridan nima bilan yakunlanarkan. Keyin nima bo'lishini bilib olamiz.

Men bu yerda hakamlar "Barselona" hisobiga boyib ketishlari uchun o'tirganim yo'q", – dedi "Real" prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca