"Barselona" Peresning "Negreyra ishi" haqidagi gaplariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 00:32
“Barselona” “Real” prezidenti Florentino Peresning bugungi matbuot anjumanida Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi bo'yicha aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

“Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, yuridik bo'limimiz uning bayonotlari va ayblovlarini sinchiklab o'rganmoqda.

Hozirda ushbu ma'lumotlar tahlil qilinmoqda va biz keyingi qadamlarni ko'rib chiqyapmiz. Zarurat tug'ilganda, o'z poziciyamiz va qabul qilingan qarorlar borasida qo'shimcha ma'lumot taqdim etamiz”, - deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.fcbarcelona.es