

- Bugungi o'yin juda shiddatli va gollarga boy bo'ldi. Bahs haqida taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Assalomu alaykum! Bungacha bo'lgan o'yinlarni o'zingiz ko'rdingiz. Bugun bizga faqat va faqat g'alaba zarur edi va maydonga faqat shu maqsadda tushdik. Qo'limizdan kelgancha harakat qilib, Yaratganning inoyati bilan muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- Neftchining bugungi o'yindagi natijasidan xabar topdingiz. Bu jamoaga qanday ta’sir qildi?
- Bu biz uchun qo'shimcha motivaciya bo'ldi. Chunki Paxtakor hali ham chemponlik poygasida. Asosiy maqsadimiz - chempion bo'lish va bu yo'lda oxirigacha kurashamiz.
- Uchrashuvga ruhiy tayyorgarlik qanday kechdi? Chunki bungacha jamoa O'zbekiston kubogida Neftchiga imkoniyatni boy bergan, shuningdek, chempionatda ham ketma-ket ochko yo'qotgandi.
- Jamoadagi barcha futbolchilar - professionallar, hamma turnir jadvalidagi vaziyatni juda yaxshi tushunib turibdi. Motivaciya masalasida o'zimizni ruhan tayyorlab bordik. Chunki bunday vaziyatda ortiqcha gap-so'zning keragi yo'q. Yakka-yu yagona maqsadimiz - bosh sovrin va shu yo'lda oxirigacha boramiz, inshaalloh.
- So'nggi vaqtlarda Fransiya klubiga transferingiz atrofida turli shov-shuvlar tarqaldi. Paxtakor rahbariyati va bosh murabbiy sizni qo'yib yuborishni istamagani haqidagi xabarlarga munosabatingiz qanday?
- Har bir ishda bir xayr bor. Rahbariyat ham mening kelajagimni, faoliyatimni o'ylagan holda shunday qarorga keldi, deb hisoblayman. Hozirda Paxtakordaman. Chempionat va Osiyo Chempionlar ligasida jamoamga maksimal darajada yordam berib, maqsadlarimizga erishmoqchimiz. Qishda esa, nasib etsa, xorijga ko'chib o'tish variantini yana ko'rib chiqamiz.



