LIVE. La Liga. "Betis" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya)

4 sen 2026, 23:59
LaLiganing 4-turi doirasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

"Betis" - "Real Madrid" 0:0

“Betis”: 1. Alvaro Vales, 2. Ektor Belerin, 4. Natan, 11. Fran Garsiya, 3. Diego Lorente, 21. Mark Roka, 8. Pablo Fornals, 6. Fakundo Bernal, 22. Isko, 7. Antoni, 9. Kucho Ernandes.

Zaxira: 31. Manu Gonsales, 5. Mark Bartra, 12. Anxel Ortis, 16. Valentin Gomes, 23. Xunior Firpo, 15. Alvaro Fidalgo, 17. Rodrigo Rikelme, 18. Nelson Deossa, 14. Iker Losada, 19. Troy Perrott, 27. Xose Antonio Morante, 40. Alvaro de Pablo.

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 4. Din Xyoysen, 17. Mark Kukurelya, 24. Denzel Dyumfris, 16. Ibraima Konate, 8. Federiko Valverde, 5. Jud Bellingem, 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler, 6. Eduardu Kamavinga, 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 31. Xaver Navarro, 12. Trent Aleksander-Arnold, 18. Alvaro Karreras, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 19. Karlos Espi, 20. Bernardu Silva, 25. Yan Diomande, 29. Xorxe Sestero, 38. Serxio Martines, 21. Braim Dias.

Ogohlantirishlar: 45+3 - Arda Gyuler

45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+5. Xyoysenning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi…

45+4. Bo'lim oxirida madyon egalari anchagina faollik ko'rsatmoqda.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

45. Judning xafvfzini zarbastdagi raqib posboni faol harakat qilib, qaytaprdi..

33. Vini to'pga biroz eta olmadi va natijada uni raqib posbon uo'lab oldi.

29. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

24. Mbappe himoyachilarni aldab o'tib, darvoza tomon zarba berdi, ammo yaxshi “blok” qo'yildi raqib futbolchilaridan.

21. Kuchodan xavfli zarba!!! Ammo to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi…

18. Antonidan navbatdagi zarba, bu safar to'p rekoshetga uchradi va Kurtau qaytardi uni!

15. Arda juda qulay vaziyatga chiqib borib to'pni chapga - Viniga berdi, ammo uning zarbasi to'singa tegib, maydonni tark etdi…

11. Gyulerning uzatmasidan so'ng to'pni Xyoysen darvozaga yo'lladi, Valesdan seyv!

8. Vinisiusdan antiqa zarba ko'rdik, ammo noaniq bo'ldi.

8. Antonining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Kurtuaga bordi, darvozabon ushlab oldi.

4. Yana to'p bilan muammo, madridliklar etiroz bildirdi. Bosh hakam to'pni almashtirdi.

3. “Real” ilk daqiqalardan faol, Viniga qarshi Belerin fol ishlatdi.

1. Ilk daqiqadanoq to'p bilan muammo yuzaga keldi. Aftidan uning bosimi past.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni LaLiganing 4-turi doirasidagi "Betis" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia