Peres: "Bellingem, Vinicius va Mbappe "Real"da qoladi"

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2026, 19:12
"Real" prezidenti Florentino Peres agar u prezidentlik saylovida g'alaba qozonsa, klub Jud Bellingem, Vinicius Junior va Kilian Mbappeni saqlab qolishini vada qildi.

“Vini qolishni istaydi va men ham shuni istayman. Uning shartnomasi tugashiga hali 1 yil bor. Hali vaqt mavjud. Siz mening kimligimni bilasiz. "Real" muxlislari menga ishonishlari kerak. Bizda ajoyib jamoa bo'ladi.

Barcha klublar Jud Bellingem, Vini va Kilian Mbappeni xohlaydi. Ular eng zo'rlari. Albatta, ular qoladi. Kilian Mbappe "Real"ga ko'p narsa olib keladi. U "Real"da albatta muvaffaqiyat qozonadi. Kilian Mbappe? Hech kim bunday ajoyib o'yinchiga shubha qilmasligi kerak. Mbappening statistikasiga qarang, shunda u qanday ajoyib o'yinchi ekanligini tushunasiz”, – dedi Peres.

Madridliklar prezidenti saylovi yakshanba, 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS