"Ularda nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman". Tebas - "Real"ning hakamlar shaniga aytgan tanqidlari haqida

16 sen 2026, 10:20
La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" klubi televideniesi tomonidan hakamlar shaniga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

"Ularning o'zlarini jabrdiyda qilib ko'rsatishlari noo'rin. Ular nafaqat o'zlari ishtirokidagi voqealardan, balki boshqalar bilan sodir bo'layotgan voqealardan ham norozilik bildirishmoqda. Ular nohaq. Ularda hamma narsada boshqalar aybdor, o'zlari esa hech qachon aybdor emas. Men "Real"da nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman… "Real" bunday hasratli gaplarsiz ham chempionatda g'olib chiqishi mumkin", - dedi Tebasning so'zlarini AS nashri.

La Liganing oltita o'yinidan so'ng "Real" 15 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ispaniya chempionatida xuddi shuncha ochkoga ega bo'lgan va zaxirasida bitta o'yini bor "Barselona" peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS