"Hech kimga zerikarli bo'lmadi". Mourinyu "Real"ning La Liga autsayderi ustidan qozongan qiyin g'alabasi haqida gapirdi

16 sen 2026, 08:55
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya La Ligasining 6-turidan o'rin olgan "Elche"ga qarshi uchrashuv natijasiga munosabat bildirdi.

"Qaymoqranglilar" ushbu o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Shunday o'yinlar bo'ladiki, ular tugagandek tuyuladi va haqiqatan ham shunday bo'ladi. Shunday o'yinlar ham bo'ladiki, bizda barcha masalani hal qilish uchun imkoniyatlar bo'ladi, lekin biz ulardan foydalanmaymiz va xotirjam nazorat o'rniga uni yo'qotamiz. Siz gol urmaysiz-u, sizga javob qaytarishadigan vaziyat yuzaga keladi - o'yin ochilib ketadi.

Ijobiy tomoni shundaki, ochko yo'qotish xavfi tufayli bosim ostida qolgan jamoa munosabat bildiradi va g'alabani qo'lga kiritadi, eng muhimi ham shu. "Real" o'yinlarida hech kimga zerikarli bo'lmaydi, chunki ular juda ko'ngilochar kechadi", - dedi Mourinyuning so'zlarini Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv davomida Madrid jamoasi ikki to'plik ustunlikni boy berib qo'ydi, ammo 91-daqiqada urilgan gol evaziga g'alabani ilib ketdi. La Liganing oltita o'yinidan so'ng "Real" 15 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. "Elche" ikki ochko jamg'arib, 20-pog'onada joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca