"Paxtakor"dan "Veneciya"gacha: Iroq terma jamoasi JCH-2026 uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 15:50
Grem Arnold qo'l ostidagi Iroq terma jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomani taqdim etdi.

Darvozabonlar: Fahad Tolib (“Al Talaba”), Jalol Hassan (“Al Zavraa”), Ahmad Basil (“Al Shorta”)

Himoyachilar: Hussayn Ali ("Pogon", Polsha), Manaf Yunis (“Al Shorta”), Zaid Tahsin (“Paxtakor”, O'zbekiston), Rebin Sulaka ("Port", Tailand), Akam Hoshim (“Al Zavraa”), Merxas Doski ("Viktori" Plzen, Chexiya), Ahmad Yahyo ("Al Shorta"), Mustafo Sadun ("Al Shorta"),

Yarim himoyachilar: Zaid Ismoil (“Al Talaba”), Amir Al Ammari ("Krakoviya", Polsha), Kevin Yakob ("Orxus", Daniya), Zidan Iqbol ("Utrext", Niderlandiya), Aymar Sher ("Sarpsborg 08", Norvegiya), Frans Putros ("Persib", Indoneziya), Yussuf Amin (AEK, Kipr), Ibrohim Bayish ("Al Dafra", BAA), Ahmad Qosim ("Neshvill", AQSH), Marko Farji ("Veneciya", Italiya), Ali Jasim ("Komo", Italiya/"Al Najma", Saudiya Arabistoni)

Hujumchilar: Ali Al Hamadi ("Ipsvich", Angliya), Ali Yusif ("Al Talaba"), Ayman Hussayn ("Al Karma"), Mohanad Ali ("Dibba", BAA)

photo_2026-06-01_15-00-54.jpg

Iroq terma jamoasi “I“ guruhida Fransiya, Norvegiya va Senegal bilan ro'baro' keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ifa.iq