"Paxtakor" yoshlari Qatar U-20 termasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2026
Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Paxtakor" yoshlari Qatar U-20 termasiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.

"Espayr" akademiyasi bilan hamkorlik doirasida Qatarda yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi birinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Qatar U-20 terma jamoasiga qarshi o'ynagan futbolchilarimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu yig'inda 2007-2009 yillarda tavallud topganlar ishtirok etishmoqda. Yoshlar jamoasi tarixda birinchi marta xorij yig'iniga yo'l olgan", - deb yoziladi klub ma'lumotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати