"Paxtakor" tarkibiga "Leganes" va "Frozinone" sobiq hujumchisi kelib qo'shiladi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Sherlar" polshalik hujumchi Pyotr Pajishek bilan shartnoma imzolash arafasida.

Futbolchi tez orada Toshkentga uchib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng tomonlar o'zaro shartnoma imzolaydi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli hujumchi faoliyati mobaynida "De Grafsxap", "PEK Zvolle", "Emmen" (Niderlandiya), "Charlton Atletik" (Angliya), "Sent-Tryuyden", "Molenbek" (Belgiya), "Ranners" (Daniya), "Pyast", "Pogon" (Polsha), "Frozinone" (Italiya) va "Leganes" (Ispaniya) jamoalarida harakat qilgan, shuningdek, Polsha terma jamoasining U-17, U-18, U-19, U-20 va U-21 terma jamoalarida o'ynagan.

U o'tgan yili Finlyandiyaning "KuPS" jamoasi sharafini himoya qilib, 17 o'yinda 11 ta gol urgan. Transfermarkt portali uni 450 ming evroga baholagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt