

Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan mazkur bahsda tojikistonlik hakamlar brigadasi faoliyat yuritadi.
Uchrashuvda FIFA referisi Gulmurodi Sadullo bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda FIFA assistentlari Hasan Karimov va Farhod Quralov yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr, payshanba kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00 da boshlanadi.



