Parij mamuriy sudi Fransiyaning nomdor jamoasini professional maqomidan mahrum etish qarorini tasdiqladi

22 avg 2026, 07:50
Fransiyaning olti karra chempioni "Bordo" professional futboldagi o'rnini butunlay yo'qotdi.

Parij mamuriy sudi klubning shikoyatini rad etdi va Fransiya futbol federatsiyasining (FFF) uni milliy chempionatlardan chiqarib tashlash haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.

Avvalroq, iyun oyi oxirida Moliyaviy nazorat milliy direkciyasi (DNCG) jamoani 2026/27 yilgi mavsum uchun milliy turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirgan edi. Buning oldini olish uchun "Bordo" 30 iyunga qadar o'z byudjetiga yana 9 million evro topishi va kiritishi kerak edi. Shunga qaramay, amaldagi egasi Jerar Lopes ham, yangi investorlar ham belgilangan muddatda moliyaviy kafolatlar taqdim eta olishmadi.

Endilikda klub oltinchi divizionga tushirildi va rasman havaskorlik maqomini oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport