

Bu haqda "ESPN" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, o'yin davomida Messi Kuinn Sallivan bilan janjal markazida bo'lib qolgan va raqibining boshiga kafti bilan urgan. Keyinchalik Frey va Sallivan ishtirokida yana bir epizod yuz berdi, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa Kavan Sallivan va Yannik Brayt dahanaki jang tashkil qilishdi, shundan so'ng ikkalasi ham maydondan chetlatildi.
Mustaqil komissiya o'yin epizodlarini qayta ko'rib chiqdi. Kavan Sallivanning qizil kartochkasi bir ovozdan bekor qilindi, Messi va Frey esa jarimaga tortildi. Jarima miqdori oshkor qilinmayapti.



