

"Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yinda yoqimli g'alabaga erishdik. O'n kishi qolganimiz biroz qiyinchilik tug'dirdi, shunga qaramay yigitlar iroda ko'rsatishdi. Muxlislarimiz bizga dalda berishdi. Viloyat hokimining tug'ilganiga yaxshi sovg'a bo'ldi deb o'ylayman. Kojoning tug'ilgan kuni ham edi. Bugun yutmasak bo'lmasdi", - deya gap boshladi Timur Kapadze.
- Kubokdagi bo'lajak o'yin haqida nima deysiz?
- Muborakda safar o'yinimiz bor. Keyin esa yana "Nasaf" bilan o'yin. Hech qaysi bir raqibga qarshi ketma-ket o'yin o'tkazish oson bo'lmaydi. Taqvim juda zich. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Oson raqibning o'zi yo'q. Har bir jamoaning o'z maqsadi bor.
- G'iyosov haqida gapirib o'tsangiz...
- Biz uchun katta yo'qotish. "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda raqib himoyachisi ataylab sakradi. Unga tarkibga qaytish uchun vaqt kerak. Hozirgi kunda u Toshkentda davolanmoqda.
- Bahsli vaziyatlar ko'p bo'ldi, hakamlik haqida nima deysiz...
- Bunday o'yinlar asabiy bo'ladi. Hakamlar mundialda ham ishlashdi. Darajasi qanday ekanligi ma'lum. Men bir nechta vaziyatni ko'rmay qoldim. Takroriy vaziyatni ko'rmasdan xulosa qilish noto'g'ri.
- So'nggi o'yinlarda qiyinchilik bilan g'alaba erishilmoqda. Jamoaga bir nima yetishmayotgandek. Buning sababi nimada? Masalan, hujumda faqat Norchaev o'ynamoqda. Norchaev-Kojo tandemi bir vaqtning o'zida maydonda bo'lishiga nima deysiz?
- O'tgan o'yinda ikkisi ham maydonda edi. Kojoga biroz vaqt kerak. U endi maydonga qaytdi. Vingerlarimiz ham hujumchi hisoblanadi. O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. O'tgan o'yin ham osondek tuyulayotgandi, 0:2 hisobidan o'yin o'zgarib ketdi. "Bunyodkor" darvoza tomon uchta zarba berdi va uchta gol urdi. Bunday o'yinlar jamoani yanada o'stiradi. Bir oila sifatida bo'lib, muhit yaxshilanadi. Men ham osonroq g'alaba qozonishimiz tarafdoriman. Masalan, 3:0 hisobida yutaylik. Lekin raqiblarni o'zingiz ko'rib turibsiz. Asosiysi ochkolar to'plab borish. Birinchi davrada juda ko'plab o'yinlarda ochkolar yo'qotgandik. Endi uydamiz va muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Birinchi davrada muxlislar yetishmagandi. Maydonga ham biroz vaqt kerak. Bunday maydonda to'p bilan muomala qilish qiyin. To'p sakrashida muammo bor. Sentyabrga yaqin maydonlar yaxshilanib qoladi. Yoz fasli maydonlarni yomonlashtirib qo'ydi. Yomon maydon holat futbol tempini o'ldirib qo'yadi. Jamoa hali yangi, kimdir keldi, kimdir ketdi.
- Aleks Fernandes so'nggi vaqtlarda ko'rinmay qoldi. Unga nima bo'ldi?
- Jarohat. Uning so'nggi o'yini OKMKga qarshi edi va asosiy tarkibdan joy olgan edi. Endi jarohatdan qaytdi va bugun zaxirada edi. Hozirgi holati yaxshi. Uch kun avval jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.
- Bugun o'zgarishlar to'liq o'zini oqladi. Avvalgi uchrashuvlarda esa ushbu jihatda kamchiliklar kuzatilgan edi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- "Bunyodkor" bilan yaxshi o'ynab turgandik, 2:0 hisobida edi. Yana vaziyatlarimiz bor edi. Shuning uchun men Ruslanni ikkinchi taymga asrab qo'ygan edim. Maydonga tushib, o'yinga ta’sir o'tkazdi. O'yin har xil kechishi mumkin. Barcha faktorlarni hisobga olishimiz kerak. Har bir raqibni o'rganamiz. Bugun chetlatishdan so'ng hammasi o'zgarib ketdi. O'zi zaxiraga olinishini so'ragan futbolchilar ham bo'ldi.



