

"Ikki yarim yil oldin bu jamoa C ligasida o'ynayotgan edi. Hozir esa biz A ligasida o'ynayapmiz. Albatta, ketma-ket bir nechta uchrashuvda bunday darajadagi raqiblarga qarshi turish qiyin. Ammo agar biz ushbu darajada kurashmoqchi bo'lsak, bunga moslashishimiz kerak.
Uchrashuvning ikkinchi yarmida biz javob qaytardik, ammo golimizdan so'ng darhol yana gol o'tkazib yuborganimizda, qayta o'zimizga kela olmadik. O'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmagan holda, keyingi o'yingacha nimani yaxshilash mumkinligini tahlil qilmoqchimiz.
Agar bunga uzoq muddatli futbol loyihasi sifatida qaraydigan bo'lsak, biz yangi futbolchilarni ham jalb etmoqdamiz. Shu sababli biz yangi o'yinchilarni darhol maydonga tushira olmaymiz. O'ylaymanki, biz ularni terma jamoa tarkibiga bosqichma-bosqich kiritishimiz va aynan shu yo'l bilan ularning o'sishiga yordam berishimiz kerak", - dedi Montella UEFA rasmiy saytiga.
Turkiya terma jamoasi ikki o'yindan so'ng ochko to'play olmadi va UEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-guruhi turnir jadvalida so'nggi - to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. 2 oktyabr kuni Montella jamoasi o'z maydonida Belgiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.



