

Terma jamoa a'zosi Behruz Karimov kechagi mashg'ulotlar oldidan tarkib va tayyorgarlik haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hamma yaxshi kayfiyatda yetib keldi, barchasi a'lo. Muxlislarni xursand qilamiz.
Tarkibni hozir tajribasiz deb bo'lmaydi, chaqirilmagan futbolchilar ham astoydil harakat qilishadi, deb o'ylayman. Hozir hammada ishtiyoq yaxshi.
Osiyo Kubogini hammamiz kutayotgan edik, musobaqaning qoldirilishi ham bir yaxshilikka. Endi yanada munosib tayyorgarlik ko'rib boramiz",- deydi Behruz Karimov.


