

Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov, “Barcelona” klubi ijroiya qo'mitasi a'zosi Sesar Martines hamda klubning bilimlar, ilmiy tadqiqotlar va innovaciyalar platformasi – Barca Innovation Hub bosh direktori Albert Mundet ishtirok etdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish, yosh futbolchilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash hamda zamonaviy futbol metodologiyasini joriy etish maqsadida “Barcelona” klubining rasmiy xalqaro futbol akademiyasi – Barca Academy loyihasini O'zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar Barca Academy faoliyati, uning mashhur La Masia akademiyasi metodologiyasiga asoslangan talim tizimi, murabbiylar malakasini oshirish, zamonaviy futbol falsafasini joriy etish va iqtidorli futbolchilarni saralash borasidagi tajribasi yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy "Barca Academy" 2023 yilda Qirg'iz Respublikasining Jalolobod shahrida ish boshlagani, ayni paytda Bishkek shahrida ikkinchi akademiyani tashkil etish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O'zbekistonda "Barca Academy" loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o'rganish, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish, mahalliy murabbiylar malakasini oshirish hamda futbol sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildilar.






