IShowSpeed, Tom Kruz va Robbi Uilyams JCH-2026 yopilish marosimida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2026, 21:58
FIFA JCH-2026 yopilish marosimidagi yulduzli shou ishtirokchilari ro'yxatini e'lon qildi.

Marosimda strimer IShowSpeed, xonanda Robbi Uilyams, xonandalar Laura Pauzini va Nikol Sherzinger, shuningdek, aktyor Tom Kruz ishtirok etadi. AQSH madhiyasini amerikalik aktrisa va xonanda Jennifer Xadson ijro etadi.

Final o'yini tanaffusida Shakira, Madonna, Jastin Biber, BTS va Coldplay chiqish qiladi.

Tadbir 19 iyul kuni Nyu-Yorkdagi "Metlayf Stedium" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

IShowSpeed – mashhur amerikalik strimer va Krishtianu Ronalduning muxlisi. Uning YouTube kanalida 57,2 million obunachi bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA