

Klub bayonotida aytilishicha, Adeyemi hamda o'tgan mavsumni "Boxum"da ijarada o'tkazgan 20 yoshli yarim himoyachi Kell-Arik Veten bugungi jismoniy tayyorgarlik sinovlarida ishtirok etmaydi.
"Karim Adeyemi va Kell-Arik Vetenga boshqa klublar bilan muzokara olib borish uchun jamoa yig'inini vaqtincha tark etishga ruxsat berildi", - deyiladi "Borussiya" rasmiy bayonotida.
Avvalroq Ispaniya matbuoti "Barselona" Adeyemi transferi bo'yicha "Borussiya" bilan kelishuvga erishganini xabar qilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun 22 million evro va qo'shimcha 9 million evro bonus to'lashga tayyor.
Adeyemi o'tgan mavsum Bundesligada 26 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.



