O'zbekiston QFF prezidenti tufayli Qozog'iston bilan o'ynashdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025
Yozda Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarov Qozog'iston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tishini ma'lum qilgandi.

Biroq endi aniq bo'ldiki, o'yin bo'lmaydi.

Xabarlarga ko'ra, O'zbekiston tomoni o'yindan bosh tortgan. Bunga Omarovning muzokaralar chog'ida omma oldida qilgan bayonotlari sabab bo'lgan. O'zbekistonda bu harakat hurmatsizlik sifatida qabul qilindi, chunki kelishuv rasman tasdiqlanmagan edi.

Qozog'iston futbol federatsiyasi endi noyabr oyi uchun yangi raqib topishga harakatiga tushgan. Bu Belgiyaga qarshi 15 noyabr kuni bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralashining hal qiluvchi o'yini oldidan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun so'nggi imkoniyatdir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Финт Club