"Manchester Siti" natijalardan qati nazar Mareskani mavsum oxirigacha olib qoladi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2026, 14:45
"Manchester Siti" rahbariyati jamoaning natijalari qanday bo'lishidan qati nazar bosh murabbiy Enco Mareskani 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, klubdagilar hali mavsum boshlanishidan oldinoq 46 yoshli mutaxassisning mavqeini 2027 yilning yozigacha qayta ko'rib chiqmaslikka qaror qilishgan.

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dagi kabi tez-tez murabbiy almashtirishlardan qochish niyatida. Rahbariyat bu borada dastlabki yillardagi qiyinchiliklarga qaramay, Mikel Artetaga ishonch bildirishda davom etgan "Arsenal"ni o'rnak sifatida ko'rmoqda.

Mareska 2026 yilning 29 iyun kuni Xosep Gvardiolaning o'rniga "shaharliklar" boshqaruviga kelgandi. Italiyalik mutaxassis 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. U avvalroq "Siti" tizimida ishlagan, shuningdek, "Lester" va "Chelsi" klublarini boshqargan.

11-turdan so'ng "Manchester Siti" 22 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 24 noyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 5-turi doirasida "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline