O'zbekiston Portugaliyaga qarshi qanday libosda harakat qilishi ma'lum

23 iyun 2026, 06:58
O'zbekiston Portugaliyaga qarshi oq libosda o'ynaydi!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

Mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Mazkur bahsda futbolchilarimiz to'liq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.

photo_2026-06-23_06-54-14.jpgphoto_2026-06-23_06-54-13.jpgphoto_2026-06-23_06-54-11.jpgphoto_2026-06-23_06-54-05.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA