

Jamoalar "Linkoln Faynenshel Fild" (Filadelfiya, AQSH) stadionida to'p surishdi. Unda 3:0 hisobida yevropaliklar g'alaba qozonishdi. SportyTV ma'lumotlariga ko'ra, ushbu uchrashuv dunyo birinchiliklari tarixidagi eng uzoq davom etgan o'yin bo'ldi.
Uchrashuv to'rt soatga cho'zildi. Eslatib o'tamiz, birinchi bo'lim yakuniga kelib Filadelfiyada kuchli yomg'ir boshlandi, shu sababli o'yinning ikkinchi yarmini ikki soatga kechiktirishga to'g'ri keldi. Shtat qoidalariga ko'ra, futbolchilarning maydonga qaytishi so'nggi momaqaldiroq ovozidan keyin kamida 30 daqiqa o'tgunga qadar ortga surilishi lozim.
Fransiya "I" guruhi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa ikki o'yinda olti ochko jamg'arib, JCH pley-off bosqichidagi ishtirokini kafolatladi. Navbatdagi o'yinda Fransiya terma jamoasi 26 iyun kuni Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.



