JCH-2026. Fransiya yirik hisobda g'alaba qozondi, Norvegiya esa...

23 iyun 2026, 07:05
JCH-2026 musobaqasining 2-turida Fransiya Iroqqa qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollarni Kilian Mbappe (dubl) va Usman Dembele kirishdi. Shu tariqa, Francuzlar guruhda 6 ochko to'plagan holda keying bosqich yo'llanmasini hal qildi.

Norgeviya esa ikkinchi Turda Senegalga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda yevropaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

G'oliblar tarkibida 13-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 43-daqiqada hisobni ochgan himoyachi Markus Pedersen hamda ushbu uchrashuvda dublni rasmiylashtirgan yulduzli hujumchi Erling Holand gol muallifiga aylanishdi.

Senegal terma jamoasi tarkibida esa 28 yoshli hujumchi Ismoila Sarr o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi.

Norvegiya terma jamoasi navbatdagi o'yinini 26 iyun kuni Fransiyaga qarshi o'tkazadi. Senegal esa xuddi shu kuni, yani 26 iyunda Iroq bilan to'qnash keladi.

JCH-2026. I guruhi. 2-tur

23 iyun. Filadelfiya. Lincoln Financial Field

Fransiya - Iroq 3:0

Gollar: Mbappe 14, 54 (dubl), Dembele 66.

Norvegiya - Senegal 3:2

23 iyun. Ist Ruzerford. MetLife Stadium

Gollar: Pedersen 43, Holand 48, 58 (dubl) - Sarr 53, 90+3 (dubl).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia