

“Biz Eron, O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalariga taklifnoma yubordik va uchala jamoadan javob kutmoqdamiz. Rossiya terma jamoasiga taklifnoma yuborilgani yo'q. Biz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish uchun asosiy e'tiborni Osiyo terma jamoalariga qaratganmiz”, – dedi Imad.
Musobaqaning ehtimoliy ishtirokchilari orasida O'zbekiston, Iordaniya, Iroq va Eron tilga olingan. Turnir 9-17 noyabr kunlari Basra shahrida bo'lib o'tadi.



