

"O'ylaymanki, Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish - katta sharaf. "Barselona" akademiyasida tahsil olgan, Yoxan Kroyf va Rinus Mixels tomonidan kuchli ta’sir ko'rsatilgan inson sifatida men Niderlandiya futboli bilan alohida bog'liqlikni his qilaman. Aytish mumkinki, men ma'lum manoda Niderlandiya futbolining farzandiman. Boshqa buyuk murabbiylar, ayniqsa men "Barselona"da debyut qilgan Lui van Gal va Frank Raykard ham o'yinchi va murabbiy sifatida shakllanishimda muhim rol o'ynashdi.
Niderlandiya boy futbol madaniyatiga va meni ham o'ziga jalb etadigan aniq qarashga ega: to'pga egalik qilishga asoslangan, kreativlik, ishtiyoq va ishonch bilan yo'g'rilgan hujumkor futbol. Albatta, asosiy maqsad har doim g'alaba bo'lib qoladi, lekin men buni ushbu xususiyatlar namoyon bo'ladigan va odamlar zavq oladigan tarzda qilishni afzal ko'raman. Buning uchun potencial mavjud, shuningdek, rivojlanish uchun yaxshi poydevor bor. O'yinchilar, xodimlar va assotsiatsiyaning barcha xodimlari bilan birgalikda ushbu sinov boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdaman", - deydi Xavining so'zlarini keltirgan Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi sayti.



