

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi - o'yin davomida videoyordamchilar (VAR) ishtirokini keskin kamaytirishdan iborat. Bundan buyon VAR mutaxassislari faqat bosh hakamning aniq va yaqqol xatolarigagina aralashadi va mayda epizodlarni batafsil tahlil qilishdan butunlay voz kechiladi.
“Clear Line” - bu UEFAning hakamlik bo'yicha hammaga ochiq videotekasi. U tashkilot tomonidan hakamlar va VAR mutaxassislariga beriladigan rasmiy tavsiyalar hamda ko'rsatmalardan erkin foydalanish imkonini beradi va butun Yevropa bo'ylab o'yin qoidalarining bir xil qo'llanishini taminlaydi.
Maydondagi markaziy figura yana bosh hakam bo'lishi kerak. Yevropa futboli rahbariyatining ushbu qadami FIFAning so'nggi Jahon chempionatida namoyish etgan yanada qattiq yondashuviga to'g'ridan-to'g'ri zid keladi.
Takidlash joizki, VAR tizimi ilk bor UEFA tomonidan 2019 yilgi Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida rasman joriy etilgan edi va shundan beri tashkilot shafeligidagi barcha xalqaro turnirlarga tarqatilgan.



