

O'zbekiston Kubogi
1-saralash bosqichi
Kun doirasidagi birinchi o'yinda "Sherdor" "Samarqand FA" darvozasini 3 bor ishg'ol etdi, ikkinchi uchrashuvda esa "Havoqand" "Toshkent FA"ni penaltilar seriyasiga ko'ra yutib, 2-bosqichga yo'l oldi.
"Samarqand FA" – "Sherdor" 0:3
Gollar: Zohir Sobirov, 5 (0:1), Akmal Kozimov, 6 (0:2), Murodjon Shamsiddinov, 53 (0:3)
Gol urilmagan penalti: Javlon Malikov 69 ("Samarqand FA")

"Havoqand" – "Toshkent FA" 1:1 (penaltilar bo'yicha – 5:4)
Gollar: Anvar Salimov, 26 (0:1), Mubasher Valiev, 61 (1:1)

Endi "Sherdor" 26 mart kuni saralashning 2-bosqichida "Oq-tepa"ga qarshi bahs yuritsa, "Havoqand" "Jizzax FA" bilan ro'baro' keladi.



