"Tottenxem" Mateush Fernandesh transferini e'lon qildi

2 iyul 2026, 15:00
Londonning "Tottenxem" klubi o'z rasmiy saytida "Vest Xem"dan Mateush Fernandeshni transfer qilganini e'lon qildi.

Bundan oldin OAVda "Vest Xem" portugaliyalik futbolchining transferi uchun 99 million evro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Igrokka da'vogarlik qilgan "Manchester Yunayted" bu narxni haddan tashqari yuqori deb hisobladi. "Tottenxem" esa so'ralgan summani to'ladi va transferni rasmiylashtirdi.

O'tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "bolg'achilar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar