Ozarbayjon. Bobir Abdixoliqov gol urgan va golli uzatma bergan bahsda jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2025, 23:13
Ozarbayjon Premer-ligasining 32-turida "Sumqayit" "Neftchi"ni qabul qildi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov bahsni asosiy tarkibda boshladi. 24-daqiqada u "Sumqayit"ning birinchi goliga mualliflik qildi. Mezbonlarning ikkinchi goli ikkinchi bo'lim boshlarida urildi. Abdixoliqovning uzatmasidan so'ng Ronaldo Vaskes hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Shunga qaramay "Sumqayit" g'alabani saqlab qola olmadi. 60 va 88-daqiqalarda urilgan gollar jamoalarning 1 ochkodan bo'lishib olishini taminladi.

"Sumqayit" sharafini himoya qilayotgan yana bir o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinov ushbu bahsda zaxirada qoldirildi.


Ozarbayjon Premer-ligasi jadvali


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia