O'tkazilgan so'rovnomada portugaliyaliklarning 42 foizi Ronaldu bilan nizoda Jezushni haq deb biladi

4 okt 2026, 00:23
Portugaliyaliklarning ko'pchiligi Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan nizoda Jorje Jezushni qo'llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Millatlar ligasining Kopengagenda Daniyaga qarshi o'yini (4:2) oldidan Ronaldu 72 yoshli mutaxassis bilan nizo sabab milliy jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani xabar qilingandi.

Portugaliyaning Pitagórica tadqiqot kompaniyasi TVI va CNN iltimosiga ko'ra, Portugaliya aholisi ushbu vaziyatda kimning tomonida ekanini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi. Unda 18 yoshdan oshgan 400 kishi ishtirok etdi.

So'ralganlarning 42 foizi ushbu vaziyatda murabbiy haq bo'lgan deb hisoblaydi. Futbolchini esa respondentlarning atigi 14 foizi qo'llab-quvvatlagan.

So'rovnoma ishtirokchilarining 20 foizi Ronalduda ham, Jezushda ham o'z qarorlari uchun etarlicha asos bo'lgan deb hisoblaydi. 10 foizi bu masalada hech kim haq emas degan fikrda. 3 foizi esa javob berishdan tiyilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: CNN