

Niderlandiya bilan qarama-qarshilikdan so'ng terma jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Jahon chempionatiga oz vaqt qoldi. O'tkazilgan 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi haqida nima deya olasiz?
- Mana, o'rtoqlik o'yinlarini ham o'tkazib oldik. Kanada bilan juda ham og'ir o'yin bo'lgan edi. Jismoniy sifatlarimizni yaxshilayotganimiz uchun hamma og'ir holatda chiqqan edi.
Bugun dunyoda o'z o'rniga ega bo'lgan terma jamoa bilan to'qnash keldik. Bunday bellashuvlar bizga kerak va as qatadi. Guruhimizdagi raqiblar ham shunday darajada. Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rib kelyapmiz. Endi faqat boshlab olish qoldi.
Aytib o'tish kerakki, raqiblarimiz jahon darajasidagi jamoalar hisoblanadi. Biz birinchi marotaba ishtirok etyapmiz. Har bir o'yin o'zbek futboli kelajagi uchun muhim. Mana shunday bahslar orqali futbolchilarimiz ham oldinga qadam tashlaydi va pishib boradi.



