

- Prezidentimiz Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng katta yig'ilishda sizlarni qahramon sifatida etirof etib, jamoamiz katta xarakter namoyish etdi deb aytib o'tdilar. Ushbu gaplar sizlarga qo'shimcha kuch berdimi?
- Prezidentimizning o'zlari bizni qo'llab-quvvatlab turganlari bizga katta motivaciya beradi. Mag'lubiyatdan keyin ham biz haqimizda bunday iliq fikr bildirganlari bizga bo'lgan katta ishonchdan dalolat. Butun bir o'zbek xalqimiz, etti yoshdan etmish yoshgacha bo'lgan insonlar, barcha va barcha kechagi o'yinni tomosha qildi. Jahon chempionati millatni birlashtirar ekan. Mundialning eng katta jihati shu ekan, insonlarni birlashtirar ekan. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Men ham ushbu jamoaning bir qismi bo'lganimdan va O'zbekistonda tug'ilganimdan faxrlanaman.



