

“Lugano” sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvda mehmonlar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishdi. Karimov uchinchi golda Delkruaga assistentlik qildi.
Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Behruz Karimovga 7,4 baho qo'ydi.




