O'FA Abbosbek Fayzullayevning jarohati borasida bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 14:58
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etgan etdi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining bayonot berishicha, terma jamoa tibbiy shtabi tomonidan tezkorlik bilan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv o'tkazildi. Tekshiruv natijasiga ko'ra, Fayzullayevning o'ng oyoq to'piq qismi shikastlangani ma'lum bo'ldi.

Ayni paytda futbolchini imkon qadar tezroq safga qaytarish yuzasidan terma jamoa va klub tibbiy shtabi hamkorlikda barcha zarur tibbiy muolajalarni boshlab yuborgan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA